O‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar qancha pul topayotgani ma’lum bo‘ldi
Mamlakatimizda mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan xotin-qizlar onlayn-taksi agregatorlari xizmatlari orqali haydovchilik qilmoqda, deb xabar berdi Soliq qo‘mitasi axborot xizmati.
O‘zbekistonda 2,6 mlndan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Shundan 284 ming nafari 2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan.
Umumiy hisobda 1-mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortig‘i soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ta’kidlanishicha, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.
Onlayn-taksi agregatorlaridan foydalanadigan haydovchilar:
- 30 yoshgacha — 59 274 nafar;
- 30 yoshdan 50 yoshgacha — 90 420 nafar;
- 50 yoshdan oshganlar — 11 970 nafar.
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:
- 1 mln so‘mgacha — 104 241 nafar;
- 1 mlndan 2 mln so‘mgacha — 24 350 nafar;
- 2 mlndan 5 mln so‘mgacha — 23 817 nafar;
- 5 mlndan 10 mln so‘mgacha — 7 887 nafar;
- 10 mlndan 15 mln so‘mgacha — 1 180 nafar;
- 15 mln so‘mdan yuqori — 189 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter