Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ Navoiyda amalga oshirilgan ishlarni namoyish qildi

«O‘zmilliybank» AJ Navoiyda amalga oshirilgan ishlarni namoyish qildi

«Avval iqtisod, keyin siyosat». Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida aynan shu tamoyilning ifodasini ko‘rish mumkin. Sababi oddiy: iqtisodiyot barqarorligi taraqqiyot uchun xizmat qiladi. Yangi tashabbuslar, ilg‘or g‘oya hamda aniq takliflar asosida yangi ish o‘rinlari yuzaga keladi. Natijada aholining yashash darajasi yuksalib, turmush farovonligi ta’minlanadi. Bu jarayonda shubhasiz, qator moliya muassasalari singari banklarning ham munosib hissasi bor.

«O‘zmilliybank» AJ nafaqat mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, servis tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashda ishbilarmonlarga ishonchli moliyaviy hamkor sifatidagi o‘rni va roli shular jumlasidandir.

Joriy yilning 23-24 noyabr kunlari «O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati tomonidan OAV vakillari ishtirokida Navoiy viloyati bo‘ylab o‘tkazilgan Press-tur jarayonida ham hududdagi xizmatlar sohasidagi so‘nggi yangilik va loyihalar bilan tanishildi. Hozirda viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarida xizmatlar sohasining ulushi har qachongidan ortiq. Ma’lumot uchun, 2022 yilda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 7,2 mln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil yakuni bilan bu ko‘rsatkich 9,7 mlnga yetkaziladi. Xususan, viloyatda servis tarmog‘ida 13 mingdan ziyod korxona va tashkilotlar mavjud bo‘lib, shundan, 11,9 minga yaqinini kichik tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etadi. Hududda yana yil yakuniga qadar 202 dan ziyod xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ehtiyoj mavjud. Ta’kidlash kerak, 2023 yilning o‘tgan davrida viloyatda:

- 1 898 ta yangi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ishga tushirilishiga;
- 1 805 ta loyihalar uchun 894 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari tijorat banklari tomonidan ajratilishiga;
- 37,1 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etilishiga;
- 9,3 trln. so‘m ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga;
- 8,7 mln. so‘m aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga;
- xizmatlar sohasida 111,7 foiz o‘sish sur’atiga erishilgan.

Buning natijasida Xizmatlar sohasida 2023 yil yakuni bilan viloyatda:

- 11,2 trln. so‘m xizmat ko‘rsatish xajmiga erishish;
- 2,1 mingta yangi xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini ishga tushirish;
- 1 000 ta ko‘chma savdoni tashkil etish va 1 067 ta xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish uchun yerlarni auksion savdolariga chiqarish;
- 38,1 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish;
- viloyatda xizmatlar sohasida 114,5 foiz o‘sish sur’atiga erishish prognoz qilingan.

Press-tur doirasida OAV vakillari  Bankning  Navoiy viloyati misolida xizmatlar sohasini rivojlantirishdagi amaliy ko‘magini bir qator tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati misolida o‘rgandilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring