Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Paxta neftbazasi» MChJ «Ai 80» markali benzin narxini 3000 so‘m qilib belgiladi

«Paxta neftbazasi» MChJ «Ai 80» markali benzin narxini 3000 so‘m qilib belgiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yilning 4-aprel kuni imzolangan «Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4664-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali benzin va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi.

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «Paxta neftbazasi» MChJ 2020-yilning 21-may kunidan e’tiboran neft mahsulotlarini sotishda yangi narxlarni e’lon qilgani borasida Xabar.uz’ga ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan «Ai 80» markali benzinning 1 litri uchun 3000 so‘m narx belgilandi, «Ai 95» markali benzin narxi esa 5884 so‘m.

«Paxta neftbazasi» MChJ tomonidan yuqorida nomlari hamda narxi qayd etilgan markalardagi benzin AYoQShlarga ulgurji tarzda sotiladi. Uni sotib olgan xususiy AYoQShlar transport xizmati va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda o‘zlari narx belgilaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring