Paxta terish mashinalarini sotib olish uchun kreditlar ajratiladi

«Paxta hosili terimini mexanizatsiyalashni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-4828, 15.09.2020-y) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining «Agrobank»ning ustav kapitalidagi ulushi 50 mln AQSh dollariga oshiriladi.
Ushbu mablag‘lar paxta-to‘qimachilik klasterlariga va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga mahalliy paxta terish mashinalarini sotib olishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar ajratish uchun yo‘naltiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hududlardagi paxta terish mashinalariga talabgorlarning aniq ro‘yxatini shakllantiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter