Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

payme «Kim oladi-yo shu uylarni-yo?» aksiyasining yutuqlar jamg‘armasidagi o‘zgarishlarni e’lon qiladi

payme «Kim oladi-yo shu uylarni-yo?» aksiyasining yutuqlar jamg‘armasidagi o‘zgarishlarni e’lon qiladi

Aksiya 1-apreldan boshlab o‘tkazilmoqda. Yutuqli o‘yin esa 2025-yil 17-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun 1-avgustgacha (shu kuni ham) quyidagi uchta shartni bajarish kifoya:

1. payme ilovasida pasport, ID-karta yoki JShShIR ma’lumotlarini kiritish va selfi tushirish orqali shaxsni tasdiqlash.

2. So‘m kartasini ilovaga ulash.

3. payme plus «Hammasi ichida» tarifiga ulanish — bepul sinov muddati yoki oyiga 29 990 so‘mlik doimiy obuna asosida

Aksiyada ishtirok etayotgan har bir foydalanuvchiga noyob ishtirok raqami va yutuqni qo‘lga kiritish imkoniyati taqdim etiladi. Yutuqlar jamg‘armasiga quyidagilar kiradi:

· 10 ta xonadon (1 tasi Toshkentda, 4 tasi Andijonda, 5 tasi Samarqandda)

· 10 ta iPhone 16 Pro (128 GB)

· 10 ta Xiaomi robot changyutgichi

· 10 ta Samsung 65 Smart TV televizori

G‘oliblar 17-avgust kuni onlayn randomayzer yordamida aniqlanadi. Aksiya faqat O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Aksiya qoidalarining to‘liq matni payme.uz saytida e’lon qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring