Pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish taklif etilmoqda

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda «Norma» nashri xabar berdi.
Unda, xususan, quyidagilar nazarda tutiladi:
— 35 yildan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun pensiya miqdorini o‘rtacha oylik ish haqining 2%iga oshirish;
— 54 yoshda pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, biroq pensiyani umumbelgilangan yoshdan keyin rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga ustamalar;
— pensiya tayinlanadigan sanada qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining 8 baravaridan 12 baravarigacha miqdordagi pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdorini oshirish;
— pensiya yoshiga to‘lgan, biroq zarur mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga davlat pensiyalarini hisoblashda stajning har bir yetishmayotgan oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari summasini bir martalik tartibda to‘lash huquqini berish;
— ishlovchi er (xotin)ga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlaridan ishlamayotgan xotini (eri) uchun ixtiyoriy asosda Pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha sug‘urta badallarini to‘lash huquqini berish;
— yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan eng kam stajni (7 yil) oshirish;
— pensiya yoshini jahondagi o‘rtacha darajaga va boshqa o‘lchovlarga yetkazish uchun bosqichma-bosqich oshirish.
Hujjat loyihasining to‘liq matni bilan bu yerda tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter