Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pillakorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilanmoqda

Pillakorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilanmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga ular tomonidan yetishtirilgan pilla (tirik pilla) hosili uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2025-yil 1-yanvarga qadar har yili yetishtiriladigan pilla hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming so‘m miqdorida respublika budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi.

Ta’kidlanishicha, subsidiya oluvchilar fermer xo‘jaliklarining ishchilari, ularning oila a’zolari ham bo‘lishi mumkin.

Pillachilik klasterlari va ipak qurti urug‘chilik korxonalari subsidiya oluvchilardan qabul qilingan pilla xomashyosining hajmlari va ularga ajratilgan subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga taqdim etadi. Bunda ma’lumotlar pilla yetishtirishning:

- birinchi va ikkinchi mavsumlari uchun – har kalendar yilning 1-iyuliga qadar;

- uchinchi va to‘rtinchi mavsumlari uchun – har kalendar yilning 1-oktyabriga qadar taqdim etishlari zarurligi  qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring