Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pistali» oltin konida qo‘shimcha 840 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi

«Pistali» oltin konida qo‘shimcha 840 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Joylarda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois 25 ta tuman va shaharda sanoat hajmi 10 foizdan ko‘paygan.

Bo‘zatov, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Andijon, Olot, Shofirkon, G‘allaorol, Kitob, Nishon, Konimex, Chortoq, Oqdaryo, Bulung‘ur, Ishtixon, Paxtachi, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Qiziriq, Parkent, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari, Kattaqo‘rg‘on va Nurafshon shaharlarida sanoat yuqori sur’atda o‘sgan.

Jumladan, to‘qimachilik korxonalarini ko‘paytirish orqali, sanoat ko‘rsatkichini Bandixon 45 foizga, Qiziriq 18 foiz, Olot va Buvayda 15 foizdan, Kegeyli 14 foiz, Oqdaryo va Boysun 13 foizdan, Andijon tumani 10 foizga oshirgan.

Mavjud konlarni o‘zlashtirib, qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish hisobiga sanoat hajmi Kitobda 19 foizga, Qo‘shrabotda 10 foizga o‘sgan.

Umuman, yil boshidan respublika bo‘yicha 2 mingta yangi sanoat loyihasi ishga tushirilib, yil yakunigacha qo‘shimcha 1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish imkoni yaratildi.

Misol uchun, «Pistali» oltin konida yangi metallurgiya zavodini muddatidan oldin ishga tushirish hisobiga shu yil qo‘shimcha 840 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

Zavoddagi qariyb 50 million dollarlik uskunalar sanoat kooperatsiyasi asosida o‘zimizda ishlab chiqarilgan. Bu ham sanoat hajmini oshirishga qo‘shimcha turtki bo‘ldi.

Shu bilan birga, 34 ta tuman va shaharda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan pasaygan. Ayrim tarmoqlarda, shu jumladan farmatsevtika, charm-poyabzal, to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarining o‘sish sur’ati sekinlashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring