Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pomidor virusi» importga tahdid solmoqda — Rossiya

«Pomidor virusi» importga tahdid solmoqda — Rossiya

2021-yil 15-iyuldan Rossiya Buxoro viloyatidan jo‘natiladigan pomidor va qalampir importini to‘xtatdi, deb xabar beradi «East Fruit» nashri. 

Ta’minotlarning to‘xtatilishi mintaqadan keltirilgan pomidor va qalampirda «Pomidor jigarrang bujmayish virusi» kasalligining navbatdagi aniqlanishi bilan bog‘liq.

Rossiya hududiga 15 iyulgacha jo‘natilgan yuklarni faqat karantin fitosanitariya ekspertizasidan o‘tganidan keyin olib kirishga ruxsat beriladi.

Kasallik hosilning 70-80 foizgacha pasayishiga olib keladi, ba’zi hollarda issiqxonada hosil butunlay tugaydi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish kerakki, ushbu kasallik urug‘lar, virus tekkan asboblar, kiyimlar, mexanik vositalar orqali tarqaladi. Ekinlarning changlanishi vaqtida ham tarqalishi mumkin. Jigarrang virus kasalligiga chidamli pomidor navlari shu kungacha aniqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring