Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berdi

Prezident aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berdi

Foto: Soliq qo‘mitasi

Prezident «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan 1-sentyabrgacha:

  • kichik tadbirkorlik sub’yektlari; 
  • bozorlar va savdo majmualari; 
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlanish joylari;
  • jamoat transportlari tashkilotlari;
  • sport-sog‘lomlashtirish muassasalari;
  • shuningdek, yo‘lovchilarni tashish, maishiy xizmat ko‘rsatish, yopiq joylarni ijaraga berish, shu jumladan banketlar tashkil etish bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘i to‘lashdan OZOD QILINADI.

Qayd etilishicha, kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 19.03.2020-yildagi PF-5969-son va 3.04.2020-yildagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq aprel-may oylari uchun  taqdim etilgan, mol-mulk va yer solig‘ining foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) summalaridan;

2020-yil 1-yanvardan boshlab 2020-yil 15-maygacha bo‘lgan muddatda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalardan VOZ KEChILADI.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring