Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning qishloq xo‘jaligiga oid yangi qarori chiqdi

Prezidentning qishloq xo‘jaligiga oid yangi qarori chiqdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Qishloq xo‘jaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–69-son, 23.02.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-apreldan 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida respublika budjetidan paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini quyidagi shartlarga rioya qilinganda qaytarib berish tartibi joriy etiladi:

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan har bir gektar yer uchun oyiga kamida 1 nafar ishchining bandligi ta’minlanganda;

- har bir nafar ishchi uchun oyiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromad mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanganda;

- paxta yoki g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi o‘tgan yil yakuni bo‘yicha Soliq kodeksi talablariga javob berganda.

2023-yil 1-apreldan tadbirkorlar yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan ularning mol-mulkiga hisoblangan summani quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi:

- 3 qavatli binoga – 0,9;
- 4 qavatli binoga – 0,8,;
- 5 qavatli binoga – 0,7;
- 6 qavatli binoga – 0,6;
- 7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring