Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qamashida 20 million yevrolik qurilish mollari zavodi quriladi

Qamashida  20 million yevrolik qurilish mollari zavodi quriladi

O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes forumi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov hamda «Matanat A» kompaniyasi vitse-prezident Mays Gasimov tomonidan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, «Matanat A» kompaniyasi tomonidan Qamashi tumaniga 20 million yevrolik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritilib, quruq qurilish aralashmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari ishlab chiqaradigan zamonaviy zavod barpo etiladi.

«Matanat A» kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mintaqadagi yetakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. Ozarbayjonda ekologik toza va zararli bo‘lmagan qurilish materiallarini ishlab chiqarish borasida ilg‘or.

Caption

Kompaniya zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovatsion turlari bilan jihozlangan.

Shuningdek, ushbu nufuzli muassasa Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring