Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda noodatiy sariq tarvuz eksport qilinmoqda

Qashqadaryoda noodatiy sariq tarvuz eksport qilinmoqda

Qashqadaryoda Gollandiya navi bo‘lgan noodatiy tarvuz yetishtirildi. Ushbu sariq tarvuzlar nafaqat ko‘rinishi, balki mazasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga o‘xshash, ta’mi ananasga yaqin.

«Qashqadaryo gazetasi» rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, chillaki sariq tarvuzlar ilk bor eksport qilinmoqda. Joriy yil vohamizda «Sunny Land Export» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilgan mazkur noodatiy tarvuz yaxshi hosil berdi va ilk partiya, ya’ni 4 tonna Rossiya bozorlariga yetkazib berildi. Keyingi partiya Latviya uchun hozirlanmoqda.

Latviya va rossiyalik importchilar talabiga muvofiq yetishtirilgan ushbu poliz ekinlari, oddiysiga qaraganda tezpishar bo‘lib, odatiy tarvuzlar hosili 90 kun kutilsa, bu nav 65 kunda tayyor bo‘ladi. Sug‘orish uchun esa kam suv sarflanadi.

Hafta oxirida sariq tarvuzlar mahalliy bozorlarimizga kilogrammi o‘rtacha 3500-4500 so‘mdan sotilishi rejalashtirilmoqda. Xorijga esa kilosi 55 sentdan sotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring