Qashqadaryodagi «Janubiy kemachi» konida yana bir quduqdan sanoat miqyosida tabiiy gaz olindi

«O‘zbekneftgaz» AJning Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi «Janubiy kemachi» koni 157-quduqda suv yo‘lini to‘sish va mahsuldor qatlamni perforatsiya qilish maqsadida quduqda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda aksionerlik jamiyati matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Olib borilgan ishlar natijasida hozirda ushbu quduqdan kunlik 50 ming metr kub sanoat miqyosidagi tabiiy gaz, 0,7 tonna gazkondensati olindi.
Hozirda quduq «Janubiy kemachi» konining gazni birlamchi tayyorlash qurilmasiga ishga qo‘shildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter