Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilinadi

Qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilinadi

Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-926-son, 13.05.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

- Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi.

- Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.

«Turizm to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring