Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi

«Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida» qonun qabul qilindi.
Qonun qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzadi:
- tabiiy va texnogen ofatlar;
- yong‘in;
- o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi;
- qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi;
- yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi;
- uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir.
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sug‘urta mukofotlarining bir qismini hamda yetkazilgan zararning sug‘urta mukofotlari va qayta sug‘urta qilish mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinmagan qismini qoplash uchun budjet subsidiyalari ajratish orqali amalga oshiriladi.
Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchisi sifatida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach (14-iyulda) kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter