Qishloq xo‘jaligi vaziri va uning o‘rinbosariga qat’iy chora ko‘rilishi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda bundan ikki yil avval oziq-ovqat sanoati Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilib, alohida vazir o‘rinbosari lavozimi, maxsus jamg‘arma tashkil etilgani, barcha vakolatlar berilgani ta’kidlandi.
Lekin, qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayev va uning o‘rinbosari A.Asomov masalani ichiga kirmayotgani, pastga tushib tizimda amaliy natijalar qila olmayotgani tanqid qilindi.
«Ular oziq-ovqat sanoati bo‘yicha bir oy muddatda o‘zgarish qilmasa, ularga qat’iy choralar ko‘riladi», dedi davlatimiz rahbari.
Birorta hokimda hududiy import balansi, ichki imkoniyatlar va viloyatda ishlab chiqarsa bo‘ladigan tovarlar bo‘yicha hisob-kitob yo‘qligi ta’kidlandi.
«Bu borada hokimlar bergan rejalar ham buni tasdiqlab turibdi. Bu mutlaqo yetarli emas», dedi Prezident.
Vazirlar Mahkamasiga hukumat qarorini qabul qilib, har bir tarmoq va hudud rahbarining majburiyatlari, aniq hisob-kitoblar, mas’ul va javobgarlarni belgilash topshirildi.
Avvalroq bir qator rahbarlarga «hayfsan» e’lon qilingani mu’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter