Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston TIV bojxona tartibini soddalashtirishni taklif qildi

Qozog‘iston TIV bojxona tartibini soddalashtirishni taklif qildi

Foto: «Xabar.uz»

Mintaqaviy logistika tizimi rivojiga yuklarni saqlash uchun omborlar kamligi hamda bojxona muammolari to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi bugun, 18 noyabr kuni Samarqandda o‘tgan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik konferensiyasi: Global darvoza» deb nomlangan yirik anjumandagi chiqishida gapirdi, deb xabar bermoqda «Xabar.uz» muxbiri.

Shunga ko‘ra siyosatchi mintaqalararo savdo va logistikani faollashtirish uchun yagona tarif joriy etish va bojxona amaliyotini soddalashtirish taklif etdi.

Qayd etilishicha, iqtisodiy taraqqiyot ko‘p jihatdan transport va logistika tizimini rivojlantirishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shu bois ham rasmiy Ostona ushbu sohaga alohida e’tibor qaratmoqda. So‘nggi 15 yilda mamlakat transport tizimiga 35 milliard dollar mablag‘ ajratdi. 2023 yilda tranzit yo‘nalishlarini diversifikatsiyalashga 15 milliard dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Muxtor Tleuberdi Xitoydan Yevropaga qadar yuk tashish hajmini qulaylashtirishi kutilayotgan «O‘rta koridor»ning ahamiyati oshib borayotganini ham qayd etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring