Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurilish inspeksiyasi faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

Qurilish inspeksiyasi faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: Xabar.uz

Yig‘ilishda qurilish va arxitektura nazorati tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

«Ochiq aytish kerak, Qurilish inspeksiyasi tizimidagi 700 dan ziyod xodimlar samarali ishlamayapti. Inspeksiya o‘z faoliyatini ko‘proq jarima qo‘llashdan iborat, deb hisoblaydi. Vaholanki, qurilishdagi kamchiliklarning 70 foizi bir-birini takrorlaydi va ularni bemalol oldini olish mumkin.

Inspeksiya joriy yilda qurilayotgan 31 mingta ob’yektni to‘liq kunlik nazorat qilish imkoniyatiga ega emas. Sababi, barcha nazorat ishlari «qo‘lda» olib boriladi. Xavfni oldindan tahlil qiladigan tizim haligacha joriy etilmagan», dedi davlatimiz rahbari.

Shu bois, Inspeksiya faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, uning ishi, avvalo, qurilishdagi tizimli kamchiliklar va ularning sabablarini tahlil qilish hamda ularni bartaraf etishga qaratiladi. Bundan buyon:

- Qurilish vazirligi, viloyat, tuman va shaharlar bosh arxitektorlari «genplanlar» va master rejalar ustidan;

- Inspeksiya qurilish sifati, muddati va loyiha bilan amaldagi ishning mosligini nazorat qilishga mas’ul bo‘ladi.

Yil yakuniga qadar qurilish ob’yektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish topshirildi.

Ushbu tizim orqali, har bir nazoratchi ob’yektni kim qurayapti, qanday material ishlatayapti, texnik nazoratni kim olib borayapti, ularning malakasi qanaqa, degan savollarga javob topa olishi kerak.

Ushbu ma’lumotlar asosida qurilayotgan ob’yektlar «xavf guruhlari»ga ajratilib, nazorat yo‘lga qo‘yiladi.

Buning uchun Inspeksiya ma’lumotlar bazasi standart, soliq va bojxona organlari bazalariga integratsiya qilinadi.

«Qat’iy ogohlantiraman. Noqonuniy qurilish aniqlansa, viloyat, tuman va shahar hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari Inspeksiya bilan birga tengma-teng javob beradi», dedi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring