Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reklamachilarning 67 foizi Toshkentda faoliyat yurityapti

Reklamachilarning 67 foizi Toshkentda faoliyat yurityapti

Illyustrativ foto

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga, respublikamizda reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 766 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda (ular eng ko‘p Toshkent shahrida — 1 189 ta yoki jami reklama bilan shug‘ullanuvchilarning 67,3 foizi).

Ko‘rsatkich yil boshidan 173 taga oshgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 110,1 foizni tashkil etgan.

Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

  1. Toshkent shahri — 1 189 ta 
  2. Samarqand viloyati — 98 ta
  3. Toshkent viloyati — 84 ta
  4. Jizzax viloyati — 70 ta
  5. Farg‘ona viloyati — 63 ta
  6. Buxoro viloyati — 47 ta
  7. Surxondaryo viloyati — 34 ta
  8. Andijon viloyati — 33 ta
  9. Namangan viloyati — 29 ta
  10. Qoraqalpog‘iston Resp. — 28 ta
  11. Qashqadaryo viloyati — 27 ta
  12. Navoiy viloyati — 26 ta
  13. Xorazm viloyati — 22 ta
  14. Sirdaryo viloyati — 16 ta
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring