Rishton kulolchilik mahsulotlari AQShga yuborilmoqda
Rishton tumanida joylashgan «Mingboshi keramik» kulolchilik klasteri hamda Amerikaning «Diamond (USA) inc» kompaniyasi tomonidan 5 mln. dollar miqdoridagi eksport shartnomasi imzolangan edi.
Kuni kecha 80 ming AQSh dollari hajmidagi zamonaviy kulolchilik mahsulotlari okean orti mamlakatiga yuborildi.
«AQShga muntazam ravishda eksport faoliyatini amalga oshirish ishlariga kirishildi. Ishonamizki, yaqin istiqbolda Rishton kulolchiligi mahsulotlari «sehrli diyor»ni zabt etadi», – deydi klaster rahbari Shokirjon Ahmadjonov.
Bugungi kunda kulolchilik klasterida tayyorlanayotgan betakror mahsulotlar qo‘shni davlatlar, shuningdek, Rossiyaga eksport qilinmoqda. Shuningdek, korxona mahsulotlarini Turkiya, Italiya, Buyuk Britaniya bozorlariga chiqarish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishilgan.
Avvalroq san’at asarini bir necha ming dollarga sotmagan rishtonlik kulol haqida hikoya qilgandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter