Rossiyaning O‘zbekiston mahsulotlariga taqiqlari: deputat JSTga a’zolikni tezlashtirish kerakligini eslatdi
«Yuksalish» UMH raisi, quyi palata deputati Bobur Bekmurodov O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga Rossiya tomonidan qo‘yilgan taqiq yuzasidan munosabat bildirdi.
«Rosselxoznadzor» tomonidan virus aniqlanganligi vaji bilan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga import taqiqining qo‘yilishi respublika eksport hajmlariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi», — deya ta’kidladi u.
Deputat shuningdek, hozirda dunyodagi geosiyosiy va geoiqtisodiy jarayonlar o‘zgaruvchan xarakterga egaligini qayd etdi.
«Bunday harakatlar tashqi bozorlarimizni diversifikatsiyalashga jiddiy e’tibor qaratish va Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni tezlashtirish lozimligini yana bir bor eslatmoqda», — dedi Bekmurodov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter