Sabzi qimmatlashgan yilda O‘zbekiston mahsulot eksportini ko‘paytirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021yilning 7 oyida O‘zbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilda sabzi narxi keskin oshib, bir kilogrammi qiymati 12 ming so‘mgacha yetdi.
Sabzi eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming tonnaga ko‘p.
- O‘zbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 28,2 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 16,0 ming tonna
- Rossiya – 2,9 ming tonna
- Tojikiston – 322,5 tonna
- Belarus – 10,3 tonna
2021 yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar:
- Andijon viloyati – 12,5 ming tonna
- Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna
- Qoraqalpog‘iston R. – 5,9 ming tonna
- Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter