Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanksiyalar O‘zbekiston iqtisodiga ta’sir qiladi — OTB

Sanksiyalar O‘zbekiston iqtisodiga ta’sir qiladi — OTB

Rossiya investitsiyalari va pul o‘tkazmalari qisqarishi hisobiga 2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida pasayish bo‘ladi, deya xabar berdi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) axborot xizmati.

Bank taxminiga ko‘ra, iqtisodiyot 2023 yilda biroz o‘sadi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) joriy yilda 4 % bo‘lishi prognoz qilingan. Bu 2021 yildagi ko‘rsatkichdan pastroq, o‘tgan yili YaIM 7,4 %ni tashkil qilgan.

Biroq OTB 2023 yilda YaIM 4,5 foizgacha ko‘tarilishini taxmin qilgan. Shu tariqa O‘zbekistonda inflyasiya 9 % ga tushadi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 10,7 % edi. Ishlab chiqarishdagi o‘sish sur’ati bu yil 5 foizgacha sekinlashishi prognoz qilingan, 2023 yilda esa 5,5 foizni tashkil qiladi.

Tovar va xizmatlar eksporti ayniqsa, xomashyo — mis, oltin, qishloq xo‘jaligi va neft-kimyo mahsulotlari eksporti 2022 va 2023 yillarda 9 foizga o‘sadi. Buning ortidan import deyarli ikki baravar, ya’ni 12 foizgacha kamayib ketadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring