Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–83-son, 01.03.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023–2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar (31 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) «UzAssets» investitsiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi.

«UzAssets» investitsiya kompaniyasiga, jumladan, quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:

- iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;

- korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;

- boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini ta’minlash;

Qarorga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralarning o‘zlariga tegishli aksiya paketlari (ulushlari) Strategik islohotlar agentligiga o‘tkaziladi.

2023-yil 1-iyulgacha «UzAssets» investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning biznes-rejalari qayta ko‘rib chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring