S&P xalqaro reyting agentligining yuqori bahosi jahon sement bozorida o‘zbek xususiy kompaniyasiga katta ustunlik beradi
Standard & Poor’s — xalqaro, milliy va korporativ moliyaviy bozorlarni tahlil qilish bo‘yicha yetakchi hisoblangan uchta xalqaro reyting agentligining biri hisoblanadi. S&P kredit reytingi, qarzdorlik majburiyatlari asosida o‘z tahlillarini olib boradi va kompaniyalar, mamlakatlar uchun obro‘li hamda ishonchli hisoblanadi. Ular baho berayotgan kompaniyalarga avtomatik tarzda amalda faoliyat ko‘rsatayotgan va potensial investorlar hamda hamkorlar oldida «yashil chiroq» yonadi.
S&P Global Ratings reytingini qo‘lga kiritish oson emas. Masalan, 2020 yilda eng yuqori hisoblangan AAA reytingiga faqatgina Johnson & Johnson kompaniyasi ega edi. SNP reytingini olgan United Cement Group kompaniyasi O‘zbekistonda ushbu e’tirofga sazovor bo‘lgan ilk xususiy kompaniya hisoblanadi.
Ayni damda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat kompaniyalar ichidagi B+ eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bu qarorni qabul qilishda agentlik mutaxassislari United Cement Group kompaniyasining O‘zbekiston va Qirg‘izistonning tez o‘sib borayotgan bozorlarida yetakchilar qatorida ekanligi, ishni olib borish tizimi muvaffaqiyatli tarzda yo‘lga qo‘yilganligi, yuqori bo‘lmagan qarzdorlik yukini va UCGning barqaror moliyaviy holatini inobatga olishdi. Bunda asosiy omillar vazifasini holding tashkil etilgan paytidanoq PWC yordamida moliyaviy audit o‘tkazib kelganligi hamda so‘nggi vaqtlarda amalga oshirilgan bir nechta moliyaviy o‘zgartirishlar bajardi.
Agar kompaniyaning importyorlar uchun ochilgan o‘zbek bozori fonida ham xalqaro sement iste’moliga nisbatan extiyojning pasaygani nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, UCG o‘z sohasida kuchli raqobatchi bo‘lganligi va reyting kompaniya obro‘sini yanada mustahkamlaganini payqash mumkin. Korxonalar guruhi tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlardan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi qurilish maydonlarida asosiy loyihalar uchun foydalanib kelinmoqda. UCG korxonalari tizimida 7500dan ortiq xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Korxonalarda 18 xil markadan ortiq sement mahsulotlari ishlab chiqariladi, ularning ichida, hattoki, sulfatga bardoshli, tamponajli, ko‘cha va qo‘shimchalarsiz sement turlari bor bo‘lib, ular uyum shaklida, 50 kg.lik qoplarda hamda 1 tonnalik yumshoq konteynerlarda sotuvga chiqarilmoqda. Korxonalarda sementdan tashqari qurilish uchun shag‘al va qum, temirbeton plitalar, tovar beton, shifer, kalsiyli so‘ndirilmagan qurilish ohagi va olovga bardoshli g‘ishtlar ham ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish quvvati doim nazoratda bo‘ladi va shu orqali elektr energiyasi sarfini pasaytirishga harakat qilinadi. Natijada atrof-muhitga yetadigan zarar ham kamayadi.
Respublika sement korxonalarining quvvati 23 mln tonnaga teng bo‘lishiga qaramay, 2022 yilda mamlakatda sementga bo‘lgan ehtiyoj 16 mln tonnani tashkil etdi. Bu yil sement korxonalarining ko‘payishi va mavjudlarining ishlab chiqarish hajmi ortishi kutilayotganiga qaramay, mamlakatda sementga bo‘lgan ehtiyoj 5%-10%ga pasayishi taxmin qilinmoqda. UCG direktorlar kengashi a’zosi, sement ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga mashhur mutaxassis Andreas Kernning fikriga ko‘ra, qiyinchiliklarga qaramay, kompaniya bozordagi 35%lik ulushini saqlab qolishga jiddiy kirishadi.
Bu yildan boshlab xolding yangi davlat standartlari talablari bo‘yicha barcha markadagi sementlarni ishlab chiqara boshladi, bu quruvchilar uchun import sementdan ham sifatliroq ekanini anglatadi. Bundan tashqari, sementni qurilish maydoniga yetkazib berish, bino yoki inshootning bitishiga qadar bo‘lgan bepul texnologik ko‘mak berishi kabi bonuslar ham kompaniya tomonidan taqdim etiladi. United Cement Group tizimidagi korxonalarda o‘tkaziladigan modernizatsiya va yangi liniyalarning ishga tushirilishi kompaniyaning 2023 yilda yillik ishlab chiqarish quvvatini 10 mln tonna sementgacha yetkazadi.
«Xalqaro kredit reytingi tashkilotidan bu e’tirofga erishish, bu nafaqat bizning guruh, balki butun O‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti sari to‘g‘ri strategiya tanlab, oldinga odimlayotganidan dalolatdir. United Cement Group kompaniyasining rejalarida strategiyamizni amalga oshirish orqali nafaqat investorlarga balki O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham foyda keltirish ko‘zda tutilgan», — deydi Andreas Kern.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter