Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Subsidiyaga arizalar qachondan qabul qilinishi aniq bo‘ldi

Subsidiyaga arizalar qachondan qabul qilinishi aniq bo‘ldi

Foto: Xabar. uz

23-sentyabrdan subsidiyaga arizalar qabul qilinishi boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi «2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-70-son Farmoni ko‘ra:

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli parametrlari doirasida arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 09:00 da boshlanadi. 

Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. 

Endilikda ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.

Da’vogarlar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda ariza topshirishi mumkin. 

Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning turmush o‘rtog‘ining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) o‘rtacha daromad miqdori:

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 8 baravarigacha (8 mln 400 ming so‘m);

- Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan (2 mln 835 ming so‘m) 9,2 baravarigacha (9 mln 660 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring