Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan farmon qabul qilindi

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan farmon qabul qilindi

Illyustrativ foto

«Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib 2026–2027-yillarda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-noyabrdan Kompaniya tomonidan tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qo‘shimcha instrumentlar joriy etiladi:

  • tadbirkorlarni «chempion» tadbirkor toifasiga olib chiqishga ko‘maklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;
  • kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va «yashil» iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 mln so‘mgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:
    - ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;
    -kamida 1 yil faoliyat yuritgan va 2 nafar xodimi bo‘lgan tadbirkorlarining 5 ta va undan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan Kompaniya tomonidan qo‘shimcha ravishda kafolat yoki kafillik quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilandi, jumladan:

  • yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha, biroq kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarning 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
  • o‘rta va yirik tadbirkorlarning ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va «yashil» iqtisodiyot yo‘nalishidagi yirik loyihalariga ularning aylanmasidan kelib chiqib, 10 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan miqdorda;
  • avval kafillikdan ijobiy foydalangan va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlarga amalda belgilangan kafillik miqdorini 1,5 baravargacha oshirgan holda;

2026-yil 1-yanvardan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan kichik va o‘rta tadbirkorlarga ajratilgan kreditlarning mos ravishda 1,5 mlrd so‘mgacha va 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismini Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkasigacha qayta moliyalashtirish orqali kompensatsiya taqdim etiladi.

Bunda Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolari tadbirkorlarda band bo‘lgan xodimlarning kamida:

  • 5 nafarini tashkil qilganda – 2 foizgacha;
  • 10 nafarini tashkil qilganda – 4 foizgacha;
  • 20 nafarini tashkil qilganda – 6 foizgacha miqdorda qayta moliyalashtiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring