Tahlilchi dollarning keskin oshishi xavfidan ogohlantirdi
Rossiyaning «Sovkombank»i bosh tahlilchisi Mixail Vasilev «Praym» agentligi bilan suhbatda geosiyosiy vaziyatning yomonlashishi dollar kursining kuchayishiga olib kelishi mumkinligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ayrim tahlilchilar geosiyosiy qarama-qarshiliklar, rekord darajadagi inflyasiya va mamlakatlar Markaziy banklari tomonidan stavkalarning tez o‘sishi fonida global retsessiyani bashorat qilmoqdalar.
Natijada, Vasilev ta’kidlaganidek, investorlar dollarga o‘tishni boshlaydilar.
Shuningdek, bunday holat energiya narxining pasayishiga olib keladi va bu valyuta kursini bir AQSh dollari uchun 70 rublgacha oshishiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassis mablag‘larning bir qismini Xitoy yuani, BAA dirhami, Gonkong dollari saqlashni tavsiya qildi. Global dunyoda ushbu valyutalarning keskin o‘zgarish xavfi kam.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter