Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Temiryo‘lkargo» yetkazib bergan yuk hajmi million tonnadan oshib ketdi

«Temiryo‘lkargo» yetkazib bergan yuk hajmi million tonnadan oshib ketdi

Joriy yilning fevral oyidan buyon «Temiryo‘lkargo» AJ ga tegishli vagonlarda bir million uch yuz ming tonnadan ortiq yuk o‘z manzillariga yetkazib berildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati xabar berdi.

Savdo, sanoat rivojlanib borar ekan, yuklarni tashish dolzarb masalalardan biriga aylanishi tabiiy. Shuni inobatga olgan holda 2023 yil 10 oktyabrda «Temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yil fevral oyidan boshlab, «Temiryo‘lkargo» aksiyadorlik jamiyati ish boshladi.

Joriy yilning 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l sohasidagi loyihalar bilan tanishish chog‘ida iqtisodiyotda temir yo‘l transporti muhim ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlagan edi. «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida mamlakatimiz hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish, shimoliy yo‘nalishda temir yo‘l orqali yuk tashish muddatlarini 40 foizga qisqartirish, yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish rejalashtirilganini inobatga olsak, temir yo‘llarda xizmat ko‘rsatish masalasi dolzarb bo‘lib boraveradi. Ayni chog‘da ushbu sohada xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilayotganining boisi ham shunda.

Joriy yilning fevral oyidan buyon «Temiryo‘lkargo» AJ ga tegishli 3259 dona vagonlarda 1,3 mln tonnadan ziyod yuk yurtimiz va xorijdagi manzillarga yetkazib berildi. 200 dan ortiq urug‘, 1000 dan ortiq sement, 150 ga yaqin avtomobil tashishga mo‘ljalangan, 800 ga yaqin yarim ochiq, 350 dan ortiq yopiq turdagi vagonlar hamda 250 ga yaqin fitting platformada tadbirkorlarning yuklari xavfsiz va betalafot yetib borishi ta’minlanmoqda.

O‘tgan 6 oy mobaynida  yuk tashish ximatlarini ko‘rsatish uchun umumiy qiymati 200 mlrd co‘mlik 300ga yaqin shartnomalar tuzilib, yuklar o‘z manziliga, «eshikdan eshikkacha» tamoyili ostida yetkazildi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya singari bir necha davlatlar bilan ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Ayni paytda yana bir qancha xorijiy logistika firmalari bilan hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring