Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez yordam xodimlarining oyligi oshiriladi

Tez yordam xodimlarining oyligi oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kelgusi haftada tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha maxsus qarorni imzolashini aytgan.

Unga ko‘ra, tez tibbiy yordam va shoshilinch xizmat xodimlari oyliklari, toifasiga qarab, 10 foizdan 15 foizgacha oshiriladi, tez tibbiy yordamning malakali va natijaga erishgan xodimlari oyligiga 100 foizgacha ustama joriy qilinadi.

Yig‘ilishda yana bir muhim masalaga e’tibor qaratilgan: O‘zbekistonda har yili ming kishiga nisbatan chaqiruvlar soni 352 tani tashkil etadi. Bu rivojlangan davlatlardan 6-7 baravar ko‘p. Chaqiruvlarning 15 foizidagina bemorlarni shifoxonalarga yotqizish talab etiladi. Sababi, joylarda oddiy tibbiy xizmat yo‘lga qo‘yilmagani uchun aholi tez yordamga murojaat qilishga majbur.

Ochiq muloqotda berilgan mingdan ziyod mahallada tibbiyot punktini tashkil qilish topshirig‘i Qoraqalpog‘iston, Namangan va Surxondaryodan boshqa hududlarda yakuniga yetkazilmagan.

«Viloyat hokimlari bir narsani aniq eshitib olsin. May oyi yakuni bilan barcha mahalla tibbiyot punktlari to‘liq ishga tushirilishi shart», degan prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring