Tojikiston O‘zbekistonda o‘z savdo uyini ochdi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Emomali Rahmon Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
«Xabar.uz» portali muxbirining xabar berishicha, Tojikistonda O‘zbekiston tomonidan yettita savdo uyi tashkil qilingan. Tojikiston tomoni ham O‘zbekistonda o‘z savdo uyini ochdi.
Ikki tomonlama mahsulot ayriboshlash bu yil 160 mln. dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘pdir.
Respublikamiz Tojikistonning chegara hududidagi tumanlariga gaz yetkazib beryapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter