Tojikistonda «Made in Uzbekistan» shou-rumlar uyi ish boshladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga tashrifi doirasida Dushanbe shahrida doimiy faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarning shou-rumi o‘z ishini boshladi.
«O‘zeltexsanoat» AJ axborot xizmati xabar berishicha, mazkur shou-rumning maqsadi Tojikistonga eksport salohiyatini oshirish barobarida milliy mahsulotlarimizni xalqaro bozorlarga kirib borishiga erishishdan iborat.
Ushbu shou-rumda «O‘zeltexsanoat» uyushmasiga a’zo 22 ta korxonaning 100 dan ortiq mahsulotlari o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter