Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida yarimo‘tkazgichlar klasteri quriladi

Toshkent viloyatida yarimo‘tkazgichlar klasteri quriladi

Prezidentning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi chog‘ida Toshkent viloyatida Yarimo‘tkazgichlar va elektronika klasterini tashkil etishga kelishilgan edi.

Bugun Olmaliqda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mis klasteri tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Hozir misni qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 76 million dollarlik 22 ta loyiha shakllantirilgan.

Davlat rahbari shu boradagi ishlarni jadallashtirib, elektr texnikasi, energetika, avtomobil sanoati uchun talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yarimo‘tkazgichlar muammosi ayni paytda global masalaga aylangan. Aynan ularning yetishmasligi sababli yirik mashina zavodlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lishmoqda. Jumladan, «UzAuto Motors» ham.

O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichar mojarosi shu yil oktyabr oyida boshlangandi. O‘shanda «UzAuto Motors» yarimo‘tkazgichlarni bahona qilib, 4-pozitsiya «Chevrolet Cobalt» mashinasini o‘rindiq isitish modulisiz sotishga uringandi.

Ushbu masalani Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o‘rganayotgan edi. Lekin oradan bir oydan ziyod vaqt o‘tsa hamki, o‘rganish natijalari haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring