Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda investorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Toshkentda investorlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimligi tadbirkor va investorlar uchun yangi — tashinvest.uz interaktiv portal faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur investitsiya portali orqali nafaqat mamlakatimiz, balki xorij ishbilarmonlari o‘z loyihalarini onlayn tarzda yuborishlari mumkin. Bunda investorlarning qimmatli vaqtini tejash, masofadan turib beznes loyihalarini taqdim etish ko‘zda tutilgan. Buning uchun portalda maxsus so‘rovnomani to‘ldirib ariza qoldirish imkoniyati mavjud.

Invest portalining yana bir afzallik jihati investor taqdim etgan loyihasining qaysi bosqichda ko‘rib chiqilayotganini kuzatib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, portal tezkor va shaffofdir. Yuborilgan arizalarga qisqa muddatda javob beriladi.

Invest portal orqali kelib tushgan loyihalar hokimiyatning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tasdig‘idan o‘tgan loyihalar hokimlik binosida bo‘lib o‘tadigan «Investorlar kuni» tadbirida ishktirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring