Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Yaponiya ko‘magida zamonaviy energosamarador qurilma ishga tushirildi

Toshkentda Yaponiya ko‘magida zamonaviy energosamarador qurilma ishga tushirildi

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ Toshkent issiqlik elektr markazi filialida Yaponiya moliyaviy ko‘magida  umumiy quvvati 64 MVt bo‘lgan yangi gaz-turbina qurilmasi foydalanishga topshirildi.

Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Takashi Hatori hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Bito Yoshibumi ushbu energoinshootda bo‘ldi. Mehmonlarga O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ boshqaruvi raisi Bahodir Jo‘rayev hamrohlik qildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati 115,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lib, uni bunyod etishda Turkiyaning «Çalik Enerji» kompaniyasi bosh pudratchi bo‘ldi. Qurilmaga Yaponiyaning «Mitsubishi» kompaniyasi ishlab chiqargan yuqori samarador gaz turbinasi o‘rnatildi. Bu esa yoqilg‘i sarfini kamaytirib, mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatini beradi.

Qurilma ishga tushirilishi natijasida elektr markazi tomonidan yiliga qo‘shimcha 515,6 million kilovatt soat elektr va 690,3 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi.

«Ushbu loyiha hududda elektr va issiqlik energiyasini barqaror ta’minlash hamda energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Yaponiya hukumati O‘zbekistonning barqaror va sifatli iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadigan hamkorlikni rivojlantirishda davom etadi», – deyiladi Yaponiya elchixonasi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring