Toshkentdagi soliqchilarning to‘rtdan biri attestatsiyadan o‘ta olmadi
![Toshkentdagi soliqchilarning to‘rtdan biri attestatsiyadan o‘ta olmadi](http://static.xabar.uz/crop/3/3/720_460_95_332999096.jpg)
Davlat soliq qo‘mitasida Toshkent shahar soliq organlari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish yakunlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Uning yakunlariga ko‘ra, poytaxtdagi davlat soliq xizmati organlarining 1100 nafar xodimidan 43 foizi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi, 32 foizi shartli ravishda o‘tkazildi, 25 foizi esa sinovlardan yiqildi.
Avval xabar berilganidek, bo‘shab qolgan o‘rinlarga tanlov asosida yangi xodimlar qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter