Uch oyda 210,8 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln so‘mga yetdi, deb ma’lumot berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 41,6 trln so‘mga yoki 12,6 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar–mart oylarida xizmatlar hajmi 169,2 trln so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 114,2 foizni tashkil etgan.
2025-yilning yanvar–mart oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 5,6 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 foizga oshgan.
2025-yilning tahlil qilinayotgan davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 113,9 trln so‘mni yoki bozor xizmatlari umumiy hajmining 54 foizini tashkil etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter