Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchquduqda dunyoda yagona sanalgan majmua ishga tushdi

Uchquduqda dunyoda yagona sanalgan majmua ishga tushdi

O‘zbekiston prezidenti tomonidan belgilab berilgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatini 2026-yilgacha rivojlantirish dasturi doirasida «Ko‘kpatas» va «Dovgiztov» konlarining ishlashi qiyin bo‘lgan rudalaridan oltin ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish» loyihasi belgilab berilgan - bu eng yirik investitsion loyihalardan biri hisoblanardi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun zavodda sorbsiyalash jarayoni chiqindilarini yuqori samarali kuydirish bo‘yicha yangi majmua foydalanishga topshirildi. 

114 mln dollarga baholanayotgan mazkur majmua o‘zining ilg‘or muhandislik-texnik yechimlari, texnologik jihozlanish darajasi bilan dunyoda yagonadir. Navoiy Kon metallurgiya kombinati muhandislari, «Uzgeorangmetliti» instituti olimlarining olib borgan ilmiy-tadqiqotlaridan keng foydalanilgan holda hamkor – dunyoning yetakchi kompaniyasi hisoblangan Germaniyaning «Injiniring Dobersek» firmasi bilan birgalikda mazkur noyob korxona bunyod etildi.

Majmuaga Italiyaning «Tenova», Avstriyaning «Semtek», Germaniyaning «Ayrix» va «Injiniring Dobersek» singari dunyoning yirik kompaniyalarida ishlab chiqarilgan yuqori samarali, avtomatlashgan asbob-uskunalari o‘rnatilganligi uning barqaror ishlashini ta’minlaydi.

Shimoliy kon boshqarmasi 3-gidrometallurgiya zavodida Sorbsiyalash jarayoni chiqindilarini yuqori samarali kuydirish majmuasi ishga tushirilishi bilan 3-gidrometallurgiya zavodiga keltirilayotgan xom ashyodan foydalanish samaradorligini 8 foizgacha, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 11 foizga oshirishdan tashqari, 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring