Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UNWTO Bosh Assambleyasi doirasida eng muhim nizom yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

UNWTO Bosh Assambleyasi doirasida eng muhim nizom yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2023 yil 16 oktyabr kuni Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlar ittifoqining xususiy kompaniyalar, destinatsiyalar va fuqarolik jamiyati vakillaridan iborat Affillangan a’zolar qo‘mitasi umumiy maqsadlarga erishish maqsadida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun yig‘ildi.

Ma’lumot uchun, UNWTO Bosh Assambleyasi doirasida assotsiatsiyaning eng muhim nizom yig‘ilishi –Affillangan a’zolarning yalpi majlisi 44 marta bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning asosiy mavzusi «Davlat-xususiy hamkorlik orqali turizmni rivojlantirish» bo‘lib, unda 100dan ortiq Affillangan a’zolar so‘nggi yig‘ilishdan keyin erishilgan asosiy natijalarni muhokama qilishdi. Shuningdek, rivojlanish strategiyasi sohasidagi ishlanmalar va yutuqlarni ko‘rib chiqishdi, geografik jihatdan muvozanatli a’zolik, shuningdek, kelajakdagi loyihalar va hamkorlik bo‘yicha ma’lumot va takliflar almashildi.

Qolaversa, Affillangan a’zolar qo‘mitasi UNWTO‘ning 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan ish rejasini taqdim etdi. Assotsiatsiyaning saralangan a’zolariga asosiy sahnada taqdimot o‘tkazish va boshqarma ko‘magida yaqin kelajakda amalga oshiriladigan loyiha va tashabbuslar haqida to‘liqroq gapirib berish imkoniyati berildi.

Yig‘ilish davomida, shuningdek, 30 yildan ortiq vaqt davomida tashkilot missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan bebaho hissasi uchun uyushmaning uzoq yillik a’zolari taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida Affillangan a’zolar qo‘mitasining 12 nafar a’zosi «Bronza» toifasida (30 yildan ortiq a’zolik), 14 nafari «Kumush» toifasida (40 yildan ortiq a’zolik) va 1 nafari «Oltin» toifasida (50 yillik a’zolik) e’tirof etildi.

Yig‘ilish ishtirokchilariga yaqin kunlarda ishga tushiriladigan yangi modernizatsiya qilingan platforma ham taqdim etildi. Platforma o‘z xizmatlari bilan yanada interaktiv va dinamik o‘zaro aloqani ta’minlash hamda qo‘mita a’zolari o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni yaxshilash uchun mo‘ljallangan.

Ta’kidlash joizki, plenar a’zolarga UNWTO bilan yanada hamkorlik qilish imkoniyatlarini baham ko‘rish, jumladan, ikkita asosiy ustuvor mavzu: ta’lim va turizmni himoya qilish uchun ajoyib platforma bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratilishi assotsiatsiya a’zolarini Tashkilot uchun dolzarb bo‘lgan kun tartibiga kiritish uchun muhim qadamga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring