Xitoy matbuoti O‘zbekiston Milliy banki haqida: «China Daily» NBU’ning mamlakat rivojidagi hissasi va xalqaro hamkorlik haqida maqola chop etdi

Xitoyning yetakchi gazetalaridan biri — «China Daily» NBU’ning mamlakat rivojlanishidagi hissasi va xalqaro hamkorliklari haqida maqola chop etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki nafaqat mamlakatda, balki dunyoda ham katta diqqatni jalb qilmoqda.
Yaqinda Xitoyning eng yirik va nufuzli gazetalaridan biri — China Daily NBU’ning O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi roli va Toshkent hamda Pekin o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdagi muhim ishtirokiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi.
Nufuzli xalqaro nashr Milliy bankining ishonchli va strategik yo‘naltirilgan moliyaviy muassasa sifatida nufuzining oshib borayotganini e’tirof etadi. Maqolada bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlari batafsil yoritilgan, shuningdek, uning xalqaro investitsiya loyihalarida, jumladan «Bir makon — bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi katta geoiqtisodiy strategiyada faol ishtirok etishi ta’kidlangan. Bu strategiya Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlari o‘rtasida infratuzilma va savdo yo‘llarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, «China Daily» nashri eksportga yo‘naltirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishga bag‘ishlangan bank dasturlarining samaradorligiga e’tibor qaratgan. Xalqaro moliyaviy notinchlik sharoitida ham Milliy bankning barqarorligi, mustahkamligi, iqtisodiy muhit o‘zgarishlariga tez va samarali moslashish qobiliyati alohida qayd etilgan.
Maqolada Milliy bank nafaqat moliyaviy tashkilot sifatida, balki O‘zbekistonning ochiqlik, modernizatsiya va xalqaro integratsiyaga yo‘nalgan yangi iqtisodiy kursining muhim ramzi sifatida ko‘rsatadi. «China Daily» O‘zbek va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida bank ko‘magida amalga oshirilayotgan muvaffaqiyatli hamkorlik misollariga ishora qilib, ana shunday tajribalar davlatlararo aloqalarni mustahkamlash uchun barqaror platforma yaratayotganini ta’kidlaydi.
Maqolaning original nusxasi bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin:[China Daily O‘zbekiston Milliy banki haqida]
Bunday nufuzli xalqaro nashrdagi maqola O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining muvaffaqiyatli faoliyatini tan olinishi bilan birga, xorijiy investorlar va hamkorlar uchun muhim signal hisoblanadi: O‘zbekiston—barqaror, ishonchli va istiqbolli mamlakat sifatida uzoq muddatli hamkor bo‘la oladigan davlatdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter