Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi Roadshow O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilmoqda

Xitoydagi Roadshow O‘zbekiston turizmini targ‘ib qilmoqda

2025 yil 28 aprel kuni «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» doirasida Turizm qo‘mitasi hamda mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi ko‘magida Xunan provinsiyasining Chansha shahrida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» nomli Roadshow tadbirini o‘tkazdi. Tadbir xitoylik sayyohlarni jalb etish va davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash orqali turizmni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.

Tadbirda 80 dan ortiq yirik sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, Xitoyning Xunan provinsiyasidan mehmonxona biznesi va aviakompaniyalar vakillari ishtirok etdilar.

Mehmonlarga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, yangi turistik mahsulotlar va yo‘nalishlar taqdim etildi, shuningdek, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridan kelgan ijodiy jamoalarning chiqishlari namoyish qilindi.

Roadshow yakunida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu muzokaralar davomida Xitoyning Xunan provinsiyasidan sayyohlarni qabul qilishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring