Xitoylik investor Andijonda 250 million dollarlik majmua quradi

Prezident Andijon viloyatiga tashrifi davomida hududda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi.
Bugungi yig‘ilishda qayd etilganidek, bu yil Andijonda quvvati 24 megavatt, keyingi yil yana 20 megavatt bo‘lgan jami 763 ta kichik va mikro GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Xitoy kompaniyalaridan biri viloyatda mikro GESlar uchun kerakli uskunalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Qayd etilganidek, qurilgan GESlarga 1 yil davomida bepul servis xizmati ko‘rsatiladi.
Kecha Bobur shahrida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi e’lon qilingan edi. Ko‘plab sarmoyadorlar shahar qurilishida ishtirok etishga qiziqish bildirmoqda.
Jumladan, xitoylik investor 250 million dollar investitsiya hisobiga zamonaviy majmua qurmoqchi. Loyihaga muvofiq, 55 gektar hududda biznes markazi, mehmonxona, savdo markazlari va 3 ming xonadonga mo‘ljallangan uy-joy quriladi.
Uchrashuvda shu va boshqa loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga investitsiyalarni ko‘paytirish, investorlar bilan yaqindan ishlab, zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shu bilan Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter