Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda quyosh panellari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etiladi

Xorazmda quyosh panellari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etiladi

Foto: «Itc»

Xorazm viloyatida quyosh panellarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori loyihasi tayyorlandi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Loyihada keltirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi va «Endüstriyel Elektrik Elektronik San. ve Tic. Ltd. Şti.» (Turkiya) kompaniyasi o‘rtasida «Vip Solar Endustriyel Uz» qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Ustav kapitali 30,0 mln. dollarni tashkil etuvchi ushbu qo‘shma korxona 200 MVt quvvatiga ega zamonaviy quyosh panellarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.

«Vip Solar Endustriyel Uz» qo‘shma korxonasi 2022-yilning 1-yanvarigacha yagona soliq to‘lovi va bir qator bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Korxona qurilishiga Urganch tumanidan 6 ga yer maydoni ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring