YaIMni aholi jon boshiga 4 686 dollarga yetkazish ko‘zda tutilyapti
O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 2026-yilda 6,6 foizga oshib, aholi jon boshiga 4686 dollarni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.
Bu haqda Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan «2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonun loyihasi mu=okamasida ma’lum iilindi.
Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, bunda o‘sish sur’atlari sanoatda 6,4 foiz, qishloq xo‘jaligida 4,2 foiz, bozor xizmatlarida 14,5 foiz, qurilishda 10,2 foiz bo‘lishi prognoz qilingan. Inflyasiya darajasining ko‘rsatkichi kamayishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, 2026-yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari prognozi 515,4 trln so‘m, xarajatlari prognozi 567 trln so‘m miqdorida, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz, tashqi qarzning cheklangan hajmi joriy yilga nisbatan kamayib, 5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilash ko‘zda tutilgan.
Majlisda siyosiy partiyalar fraksiyalarining fikrlari eshitilib, Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yakuni bilan respublika yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi amaldagi 1 454,6 trln so‘mdan 1 535,4 trln so‘m (80,9 trln so‘m)ga yoki 5,6 foizga ortgan. YaIM AQSh dollari hisobida 115,0 mlrd dollardan 121,4 mlrd dollarga yetdi (aholi jon boshiga YaIM hajmi 41,3 mln so‘m).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter