Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentning «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra:

  • 2022-yil 1-mayga qadar «Universal Mobile Systems» MChJni baholash va sotish jarayoniga xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchisi, investitsiya banki yoki boshqa ixtisoslashgan kompaniyani jalb etgan holda, 2023-yil 1-aprelga qadar uni xususiylashtirish choralari ko‘riladi;
  • ikki hafta muddatda «O‘zdonmahsulot» AK tarkibidagi don korxonalarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazgan holda, ommaviy savdolar orqali sotish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» Davlat tender komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi. Bunda, 25 ta don korxonasini 2022-yil 1-iyulga qadar, qolganlari esa joriy yilning yakuniga qadar bosqichma-bosqich savdoga chiqariladi;
  • 2022-yil 1-apreldan boshlab «O‘zagroservis» AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning ko‘chmas mulk ob’yektlari, zarur hollarda, ularni alohida lotlarga bo‘lgan holda, elektron onlayn-auksion savdolariga baholangan qiymatda chiqariladi;
  • 2022-yil 1-oktyabrga qadar «Qishloq qurilish bank» ATBning aksiyalari ommaviy joylashtirilishi (IPO) ta’minlanadi;
  • 2022-yil yakuniga qadar Xalqaro moliya korporatsiyasi, YeTTB hamda OTBni jalb qilgan holda «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va "Asakabank» ATBning davlat ulushlari savdoga chiqariladi;
  • 2023-yil 1-iyulga qadar AT «Xalq banki», «Mikrokreditbank» ATB, AT «Aloqabank», «Agrobank» ATB, «O‘zmilliybank» AJlarning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO) ta’minlanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring