Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat hisoboti eshitildi

Yil dasturi ijrosi bo‘yicha hukumat hisoboti eshitildi

Foto: Senat axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi kun tartibidagi masala – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning to‘qqiz oyi davomida Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Qayd etilishicha, 163 ta normativ-huquqiy hujjat hamda 121 ta chora-tadbirlar dasturi va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash va doimiy monitoring qilib borish yuzasidan Hukumatda yaxlit tizim yaratilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida hisobot davrida xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 8,7 mlrd. AQSh dollari miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilgan.

Ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash uchun 2 trln. 824 mlrd. so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trln. 211 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Joriy yilning III choragida budjetga qariyb 36,3 trln. so‘mlik daromadlar tushgan.

Shu kungacha Davlat dasturi doirasida jami 111 ta hujjat qabul qilingan. Xususan, 2 ta Qonun, Oliy Majlis palatalarining 5 ta qarori, Prezidentning 18 ta Farmoni va 20 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori va farmoyishi hamda 45 ta chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan va o‘rnatilgan tartibda ijrosi nazoratga olingan.

Majlisda senatorlar tomonidan Davlat dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, ayniqsa, ijro muddati yil davomida belgilangan bandlar ijrosiga alohida e’tibor qaratish, Dasturda belgilangan hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. Bunda har bir mas’ul ushbu Dastur, avvalo, odamlarni rozi qilish va mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishga qaratilganligi nuqtai nazaridan yondashishlari lozimligi aytib o‘tildi.

Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring