Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi hamrohligida jurnalist va blogerlar «Uzbekistan GTL» zavodida sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarilishi jarayoni bilan tanishishdi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi hamrohligida jurnalist va blogerlar «Uzbekistan GTL» zavodida sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarilishi jarayoni bilan tanishishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi va tashabbusi bilan bunyod etilgan, Yangi O‘zbekistonning uchinchi renessansi poydevori hisoblangan «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixida ilk bor sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarishi boshlangani eng quvonarli voqealardan biri bo‘ldi.

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan ushbu jarayon bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkillashtirildi. «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev hamrohligida jurnalist va blogerlar Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan «Uzbekistan GTL» zavodida bo‘lib, zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Boshqaruv raisi mazkur voqea respublikaning zamonaviy neft-kimyo va neft-gazni qayta ishlash sanoati rivojida yangi texnologik bosqich hisoblanashi, ushbu kun O‘zbekistonda ilk bor sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilganligiga ramziy ma’noda tarixiy kuni hisoblanashini ma’lum qildi.

Jurnalistlar va blogerlar bilan zavod hududida Matbuot anjumani tashkil etildi. Qizg‘in muhokamalar ostida o‘tgan ushbu tadbirda Boshqaruv raisi jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi. Avvalo bu mahsulot xaridior ekanligi, nafaqat mahalliy korxonalar balki xorijiy yirik korxonalarning qiziqish bildirib, mahsulotga xaridor bo‘layotgani aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, zavodda so‘nggi bosqich qurilish-montaj ishlari pandemiya davriga to‘g‘ri kelgani, koronavirus pandemiyasi sabab xorijiy mutaxassislarning O‘zbekistonga yetib kela olmagani, shu sabab mahalliy mutaxassislar mehnati bilan qurib bitkazilgani alohida ta’kidlandi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi 2022 yilning 29 iyun kuni soat 7.30 da «Uzbekistan GTL» zavodida O‘zbekiston neft va gaz-kimyosi sanoatining tarixda birinchi sintetik GTL dizel mahsuloti ishlab chiqarilgani va ilk mahsulot olinganini, aynan o‘sha onlar O‘zbekiston neft-gaz sanoati tarixi o‘ziga xos yangilik bo‘lganini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, 5 ming tonna miqdorida ishlab chiqarilgan sintetik dizelning birinchi partiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga yuborilishi ma’lum qilindi.

Boshqaruv raisi yuqori xalqaro standartlarga javob beradigan GTL mahsulotlari birinchi navbatda, respublikaning neft mahsulotlariga, xususan, dizel yoqilg‘isi va kerosinga, shuningdek, suyultirilgan gazga bo‘lgan ichki ehtiyojini qoplash uchun yetkazib berilishini, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatli bo‘lgani uchun eksport qilish imkoniyati ham mavjud ekanligini aytib o‘tdi. Boshqaruv raisi jurnalist va blogerlar orqali ushbu zavod qurilishida qatnashgan va hozirda mehnat qilayotgan barchaga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

Bundan tashqari yana bir bor, zavodning umumiy maydoni 135 ga maydonni egallashi, zavodda 4 xil turdagi yoqilg‘ilar ishlab chiqarilishi (aviakerosin, siqilgan gaz, dizel, nafta), «Uzbekistan GTL» dunyodagi eng yirik 5 ta zavodlardan biri hisoblanishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, zavodning tantanali ochilish marosimida Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini amalda bajarish maqsadida talabalar amaliyotni GTL zavodida o‘tashlari to‘la ta’minlanayotgani ma’lum qilindi.

O‘z navbatida, «Uzbekistan GTL» zavodi ehtiyojlari uchun zarur bo‘ladigan mahsulotlar, butlovchi buyum, materiallar hamda sanoat xizmatlarini mahalliylashtirish, mahalliy korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatish ishlari borasida ham ma’lumotlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, zavodida yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tn aviakerosin, 724 ming tn dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi, yiliga umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollari yoki 12,8 trillion so‘mdan ortiq import o‘rnini bosuvchi neft mahsulotlari va uglevodorod xom ashyolarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring