Yunusobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari belgilab berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zekspomarkaz»da Toshkent shahri va Yunusobod tumani hokimlari, mutasaddilar va sektorlar rahbarlari, mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda Yunusobod tumanini iqtisodiy rivojlantirish, 63 ta mahalladagi ijtimoiy holatni yanada yaxshilash, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berildi.
2019-yilda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida mo‘ljallangan 38 ta loyihaning har biri bo‘yicha tashabbuskorlar va manbalarini aniq ko‘rsatgan holda «yo‘l xarita»lari ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi.
Xatlovda aniqlangan 332 ta foydalanilmayotgan ob’yekt va yer maydonlarida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, budjetga tushumlarni ko‘paytirish va odamlarning daromadlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy dolzarb masalalarni hal qilish, uy-joy fondini rivojlantirish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, ob’yektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash borasidagi vazifalar belgilab berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter