Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-apreldan elektr va gaz narxi oshmaydi

1-apreldan elektr va gaz narxi oshmaydi

Foto: Xabar.uz

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha yangi tariflarning kuchga kirish muddati uzaytirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz bo‘yicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirig‘ini berdi.

Yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1 apreldan emas, 1 maydan kuchga kiradi.

2024 yil 16 apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1 apreldan tabiiy gaz uchun ijtimoiy norma hisbolangan 100 kub metrgacha bo‘lgan iste’mol 650 so‘mdan 1000 so‘mga, elektr energiyasi esa 200 kVt/soatgacha bo‘lgan iste’mol uchun 450 so‘mdan 600 so‘mgacha qimmatlashi e’lon qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring